Kutilayotgan kecha-kunduzda respublika boʻyicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida kecha-kunduz davomida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, seshanba kuni Surxondaryo viloyatida momaqaldiroq bilan biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 5-10° iliqni, kunduz kunlari 17-22° iliqni tashkil etadi.
Chorshanba kuni (14-aprel) respublikaning markaziy hududlarida beqaror ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari boʻyicha baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Oʻzbekistonning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq atrofida boʻladi.
Haftaning ikkinchi yarmida respublikaning barcha hududlarida havo harorati haftaning boshiga nisbatan kechalari 9-14° iliq, kunduz kuni 22-27° iliq boʻlgan biroz yuqori, asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
Ushbu kunlarda Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor koʻchishi xavfi bor, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmatlari markazi.