Hafta oʻrtasi ayrim hududlarda yomgʻirli oʻtishi mumkin

    Mamlakatimizda 16 May 2022 1240

    Bugun respublika boʻyicha havo kam bulutli va quruq boʻladi. Kunduz kuni havo may oyi oʻrtalari uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlargacha isiydi va 27-30° atrofida boʻladi.

    Ertaga respublika hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimoliy hududlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

    18-mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida kunduz kuni baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi va momaqaldiroq boʻladi. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

    19-mayda faqat Toshkent viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi, qolgan hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi.

    20-mayda respublika boʻyicha quruq va iliq boʻladi.

    Ushbu haftada havo harorati 25-30° atrofida, baʼzi joylarda 32° gacha boʻladi.

    18-19-may kunlari togʻlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Ushbu haftaning qolgan kunlarida faqat ayrim togʻli hududlarda mahalliy xususiyatga ega boʻlgan yomgʻirlar kuzatilishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.