Bugun Oʻzbekiston boʻyicha kam bulutli va quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida, shuningdek, Toshkent viloyatining baʼzi joylarida frontal bulutli chiziqlar oʻtishida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.

Kunduzi havo harorati 13-15o iliq, janubda 18-21o iliq atrofida boʻladi.

Seshanba kunidan boshlab va ish haftasining oxirigacha Oʻzbekiston hududiga Eron hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat foni 6-8o ga koʻtariladi. Kunduzi havo harorati seshanba kuni – 15-17o iliqgacha, soʻng esa 18-20o iliqgacha, baʼzi joylarda 23o iliqgacha koʻtariladi.

Respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida seshanbaga oʻtar kechasi biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, togʻlarda yogʻingarchilik boʻladi.

21-22-noyabrda respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.

Bugun va ertaga respublikaning ayrim joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.