Havo harorati kechalari 18-23°, kunduz kunlari 33-38°, bu ushbu davr meʼyoridan biroz yuqori boʻladi.
Payshanba va juma kunlari Qozogʻiston hududi orqali Ural hududlaridan Oʻzbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib keladi. Osmonda bulutlar paydo boʻladi, lekin yomgʻir yogʻish ehtimoli kam.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kechalari havo harorati oʻzgarmaydi, kunduz kunlari 30-35° gacha pasayadi va iqlimiy meʼyorga yaqinlashadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.