5-oktyabrda mamlakatimiz hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, kunduzi harorat 25-30 darajagacha ko‘tariladi. Respublikaning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi hududidan nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilyapti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

6-oktyabrda nam va salqin havo massalarining kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududini qamrab oladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Poytaxtimizda: havo o‘zgarib turadi, asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat juma kuni 6 noyabrda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol asosan sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 6 oktyabrda 10-12 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 12-15daraja, kunduzi 24-27daraja, 5 oktyabrda 27-29 daraja bo‘ladi, juma kuni 6 noyabrda yomg‘ir paytida 21-23 darjagacha pasayadi, deb xabar beradi Gidrometeorologiya xizmati agentligi.