Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy sayti oʻtgan hafta yakunlariga boʻyicha qitʼa futbolchilarning xorij chempionatlaridagi oʻyinlarini tahlil qilib, hafta qahramoni nomiga daʼvogarlarni eʼlon qildi.

Shunisi quvonchliki, nomzodlar roʻyxatida oʻzbekistonlik Eldor Shomurodov ham bor. Hamyurtimiz 2:2 hisobida durang natija bilan tugagan “Jenoa” –- “Verona” bahsida zahiradan maydonga tushib, mezbonlarning dastlabki golini kiritgan edi.

Roʻyxatda Shomurodovdan tashqari yana 9 nafar futbolchi bor. Ular –Mehdi (“Yuventus”, Italiya), Toremiy (“Chelsi”, Angliya), Takumi Minamino (“Sauthempton”, Angliya), Parvizjon Umarboyev (“Lokomotiv”, Bolgariya), Li Kan In (“Valensiya”, Ispaniya), Daichi Kamada (“Ayntraxt”, Belgiya) Shahob Zohidi (“Zarya”, Ukraina) Trent Sainsberi (“Kortreyk” Belgiya), Takumo Asano (“Partizan” Serbiya) va Jiloan Hamad (“Goritsa” Sloveniya).