Bugun kunduz kuni Oʻzbekistonda quruq va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, Qizil-Oʻrda boʻylab bulutlarning oʻtishi hisobiga faqat Toshkent viloyatida kunning birinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati 13-18° iliqgacha isiydi, bu meʼyordan 3-5° ga yuqoridir.
23-24-noyabr kunlari anomal iliq ob-havo saqlanib turadi, biroq Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda. 23-noyabrda respublikaning janubi-gʻarbiy, 24-noyabrda janubiy tumanlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Harorat fon 13-18° iliq atrofida boʻladi.
25-26-noyabr kunlarida Oʻzbekiston hududiga Volga boʻyi hududlaridan yana antitsiklon kirib kelishi kutilmoqda. 25-noyabrda respublikaning shimoliy hududlariga, 26-noyabrda respublikaning qolgan hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechalari bulutlilik bilan 9-11° iliqgacha koʻtariladi, 26-noyabrga kelib esa kunduz kunlari meʼyoriy qiymatlargacha pasayadi va 8-13° iliqni tashkil etadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.