21-oktyabr kuni respublikaning shimoliy hududlari Gʻarbiy Qozogʻiston orqali Volga boʻyi ustidan vujudga kelgan sovuq va nisbatan nam havo massasi kirib keladi. Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida bulutlar koʻpayadi, kechqurun esa shamolning tezligi 15-20 m/s gacha esib, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Respublikaning qolgan qismida quruq, kam bulutli ob-havo kutilmoqda.
22-23-oktyabr kunlari salqin havo butun Oʻzbekiston hududiga tarqaladi. Respublikaning barcha hududlarida bulut qoplami ortishi, togʻ oldi va togʻli hududlarda ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi, baland-baland joylarda esa yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Respublikaning ayrim viloyatlarida shamolning tezligi 15-20 m/s ga yetishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va kechasi 3-8 daraja iliqni, shimolda 0-3 darajagacha sovuq va kunduzi 13-18 darajani issiqni hosil qiladi, bu esa shu kunlar uchun harorat meʼyorlaridan 3-5 darajaga past boʻladi.