Harorat kechalari 15-18° gacha pasayadi, kunduz kunlari 32-35° atrofida, janubda 36-38° gacha boʻladi.
Haftaning ikkinchi yarimda sharqiy botiqlik respublikamiz hududidan siljiydi, havo harorati asta-sekin kechalari 20-23° gacha, kunduz kunlari 36-39° gacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarida 40-41° gacha koʻtarila boshlaydi.
Respublikaning katta qismida hafta davomida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida 14-iyunda kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
14-15-iyunda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishida baʼzi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Respublika boʻyicha 14-15-iyunda va 19-iyunda shamol baʼzi joylarda changli boʻron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
14-iyunda kutilayotgan mahalliy yomgʻirlar hisobiga Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlarida sel kelish havfi bor, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.