Bundan koʻzlangan maqsad yoʻlovchilarning zamonaviy poyezdlarga boʻlgan talabini toʻla qondirish, shuningdek, ichki turizmni rivojlantirishda qoʻshimcha imkoniyatlar yaratishdir, deyiladi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ xabarida.
Mazkur zamonaviy poyezd oʻtgan bir oy mobaynida faqat haftaning shanba va yakshanba kunlari qatnovini amalga oshirib keldi. 10-dekabrdan boshlab haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari ertalab soat 09:02 da Toshkent markaziy temir yoʻl vokzalidan harakatini amalga oshiradigan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi Samarqand, Navoiy temir yoʻl vokzallarida ham toʻxtab oʻtib, soat 12:47 da Buxoro 1 temir yoʻl vokzaliga yetib boradi.
Shuningdek, 769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi ushbu kunlarda soat 15:02 da Buxoro 1 temir yoʻl vokzalidan harakatini amalga oshirib, soat 18:50 da Toshkent markaziy temir yoʻl vokzaliga kirib keladi.
Bugungi kunda qatnovini amalga oshirayotgan “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari esa oʻz harakat jadvali boʻyicha harakatlanadi.
Izoh: Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.