Havo harorati kechalari 18-23o, kunduz kunlari 32-37o, janubda 40-42o gacha haroratni tashkil etadi.
Respublika hududining katta qismida asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilyapti, faqat ayrim kunlarda Oʻzbekistonning togʻ oldi va togʻli hududlarida, shuningdek 13-iyulda Fargʻona vodiysi viloyatlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
13-15-iyulda respublikaning ayrim hududlarida shamolning tezligi
15-20 m/s gacha mahalliy kuchayishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmatlari markazi.