Bu haqida 23-iyun kuni Milliy matbuot markazida bo'lib o'tgan brifingda ma'lumot berildi.
Tuzilma O'zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to'g'risida”gi Qonuni talablari doirasida tashkil qilingan. Uning asosiy vazifasi har qanday tashkiliy huquqiy shakldagi tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida mavjud bo'lgan shartnomaviy munosabatlar davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan kelishmovchilik, ixtilof va nizolarni adolat tamoyili asosida xolisona ko'rib chiqish va uzoq muddatli sudlashuvlarning oldini olish orqali ishlarni imkon qadar tezroq hal qilish va bu orqali hozirgi integratsiya jarayonida raqobat va erkin bozor tizimida faoliyat ko'rsatuvchi tadbirkorlik sub'ektlari uchun eng qimmat resurs hisoblangan “vaqt”i hamda mablag'ini tejash orqali qonunga bo'ysunuvchi, halol tadbirkorlar manfaatlarini ifoda etish va bu orqali mamlakatimiz iqtisodiy ravnaqiga o'z hissasini qo'shish hisoblanadi.
— Assambleya huzurida Sud tizimidan tashqari bevosita huquqiy xizmatlar ko'rsatishga mo'ljallangan tajribali huquqshunoslardan iborat “Yurinform” konsalting markazi faoliyati ham yo'lga qo'yilgan, — deydi Iqtisodiyot Assambleyasi raisi Muxtor Umarov. — Platforma tadbirkorlik sub'ektlariga doimiy ravishda keng qamrovli amaliy huquqiy xizmatlar orqali biznes vakillarining huquq va manfaatlari himoyasini ta'minlashga ko'maklashadi.
Huquqiy konsalting markazi quyidagi bir qator yo'nalishlar bo'yicha tezkor, sifatli va amaliy huquqiy xizmatlar ko'rsatadi:
- korxona ta'sis hujjatlari, ichki me'yoriy hujjatlarini ishlab chiqish;
- litsenziya va boshqa tusdagi ruxsat beruvchi hujjatlarni to'plash, tayyorlash va ro'yxatdan o'tkazish uchun topshirish;
- eksport va import kontraktlar ishlab chiqish;
- investitsion faoliyat bilan bog'liq masalalar;
- intellektual mulkni himoya qilish;
- shartnomalar ishlab chiqish;
- debitor qarzdorliklarni sud orqali undirish;
- tadbirkorlik sub'ektlari manfaatlarini sudlarda himoya qilish;
- mehnat qonunchiligi bo'yicha amaliy ishlar;
- korxonangiz faoliyat turidan kelib chiqib, turli hil hujjatlar ishlab chiqish;
- tadbirkorlik faoliyatini tizimli tashkil etishda mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi talablarini ishlab chiqish va tadbiq qilish va boshqalar.
Tadbir yakunida 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Iqtisodiyot Assambleyasi bilan hamkorlik olib borgan OAV vakillarini taqdirlash marosim o'tkazildi.