Maʼlum qilinishicha, 1995, 1996 hamda 1999-yilda tugʻilgan sudlanuvchilar bir guruh boʻlib, terrorizm bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir qilgan.
Bu haqda Toshkent shahar sudlari Matbuot xizmati xabar berdi.Ish hujjatlarida aytilishicha, sudlanuvchilar qoʻlbola usulda yasaluvchi portlovchi uskuna va moddalarni yasashni oʻrganish maqsadida uyushgan guruhga birlashgan.
Qolaversa, ular xalqaro terroristik tashkilotning gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlab kelgan. Sudlanuvchining izoh berishicha, u internet tarmogʻi orqali taqiqlangan diniy maʼruzalarni eshitib, 2019-yil aprel oyida Suriyaga borgan.
U yerda xalqaro terroristik tashkilot boʻlgan “Tavohid jihod”ga aʼzo boʻlgan."Men u yerda tirnoqlarini sugʻurishganini, elektroshokerlar ham ishlatishganiga oʻzim guvoh boʻlganman. Ular bizni bosim ostida ushlab turdi.
Qilgan ishlarimdan afsusdaman". “Oʻsha vaqt yonimizda turgan safdoshlarimizni oʻlganini koʻrib, bu yoʻl notoʻgʻri ekanligini tushunib yetdim. Yana bir bor imkon berishingizni soʻrayman”, - deydi sudlanuvchilardan biri.
Mazkur holat yuzasidan sud ishi JIB boʻyicha Yunusobod tuman sudida koʻrib chiqilgan. Unga koʻra, 3 nafar sudlanuvchi JKning tegishli moddalari bilan aybli deb topilib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.