Tegishli bayonot harakatning Telegram-kanalida e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, hodisa Haniya Eronning saylangan Prezidenti Ma'sud Pezeshkiyonning inauguratsiya marosimida ishtirok etganidan keyin uning Tehrondagi qarorgohiga Isroil tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida sodir bo'lgan.

Avvalroq Tasnim agentligi Haniyaning o'limi haqida xabar bergan edi. Qo'shimcha qilinishicha, Haniya va yana bir kishi qarorgohning o'qqa tutilishi oqibatida halok bo'ldi, deb xabar beradi tass.ru.