Umumiy mehnat bozorini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, aholi bandligiga koʻmak masalalari boʻyicha chora-tadbir, dastur va sharoitlarning samaradorligini oshirish, mehnat migrantlarini oʻz faoliyatini amalga oshiradigan davlat tili, tarixi, madaniyati asoslariga oʻqitish yoʻli bilan aloqa yoʻllaridagi toʻsiqlarni bartaraf etish, oʻzaro birgalikdagi harakatning asosiy yoʻnalishlari sanaladi.
Hujjatga muvofiq aholining ish topishda qiyinchilikka duch kelayotgan alohida guruhlarini, jumladan, yoshlar, imkoniyati chegaralangan shaxslar, ayollar, nafaqa yoshiga yaqinlashganlar, ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod boʻlib qaytib kelgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun imkoniyatlarni kengaytirish boʻyicha ishlar olib borish rejalashtiriladi. Shuningdek, hujjatda mehnat resurslarining mobilligini oshirish, axborot tizimlarining integratsiyasi va rivojlanishini taʼminlash, norasmiy bandlikni kamaytirish, fuqarolar, shu jumladan, mehnat migrantlari tomonidan ham noqonuniy mehnat faoliyati olib borishga qarshi, kurashni kuchaytirish ham koʻzda tutilgan.
Birgalikda konsultatsiyalar va axborot almashinuvlari oʻtkazish, yigʻilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni rejalashtirish va olib borish, tomonlar oʻzaro hamkorligining samaradorligi va rivojini taʼminlaydigan milliy axborot tizimlarini, jumladan, MDHga aʼzo davlatlar fuqarolarining ishga joylashishiga va bandligiga koʻmaklashuvchi portallar yaratish va takomillashtirish Bitim bilan belgilangan, deb xabar beradi mustaqil davlatlar hamdoʻstligi ijroiya qoʻmitasi matbuot xizmati.