Madaniyat vazirligida O'zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovni "Hamdo'stlik yulduzlari" davlatlararo mukofoti bilan taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu marosimda MDH mamlkatlaridan mukofotlangan nomzodlar ishtirok etishdi.

Eslatib o'tamiz, "Hamdo'stlik yulduzlari" davlatlararo mukofoti 2009 yilda MDHga a'zo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo'yicha kengashi va MDHga a'zo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo'yicha davlatlararo fondi tomonidan ta'sis etilgan. Va ushbu mukofot xalqaro darajada yutuqlarga erishgan, amalga oshirgan ishlari jahon mamlakatlarining rivojiga hissa qo'shgan shaxslarga beriladi.

O'zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovni ushbu nufuzli mukofot bilan tabriklab, sog'lik-salomatlik va ijod olamida yana-da baland parvozlar tilaymiz.