Hamid Olimjon (1909-1944) – sevimli o‘zbek shoirlaridan biri bo‘lib, o‘zining buyuk ustozlari va tengdoshlaridan o‘ziga xos tili, ishtiyoqi va inson hissiyotlari hamda tuyg‘ularini she'rlari va dostonlarida o‘zgacha ifoda eta olishi bilan ajralib turgan. Uning sara she'r va dostonlari o‘zbek adabiyoti oltin xazinasiga kiritilgan.

Olamdan erta ko‘z yumgan shoirning nomi Toshkentning metro bekati va maydoniga berilgan. Adiblar xiyobonida ham shoirga alohida haykal o‘rnatilgan. 

Kitob O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” jamoatchilik fondi ko‘magida nashr etildi.