Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim xotirasi yod etildi

    Muzeylar – xalq tarixining koʻzgusi.

    Shunday goʻzal koʻzgulardan biri 2017-yili Jizzax shahrida qad koʻtargan boʻlib, unda oʻzbek adabiyotining atoqli adibi va shoiri Hamid Olimjon hamda Zulfiyaning abadiy xotirasi jam boʻlgan.

    Bu oʻrinda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan atoqli va isteʼdodli adiblarimiz Hamid Olimjon va Zulfiyaning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Jizzax shahrida ochilgan muzey haqida soʻz bormoqda. Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyi 1902-yilda qurilgan hamda bundan besh yil ilgari rekonstruksiya qilingan “Xoʻja Nuriddin” madrasasida tashkil etilgan.

    Muzey binosi oldidadagi koʻrkam maydonda Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim yangi yozgan sheʼrlarini bir-birlariga oʻqib berayotgani tasvirlangan muhtasham haykal qad rostlagan.

    2022-yil 26-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori akademik Akmal Saidov, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori akademik Qalandar Abdurahmonov va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Oʻrol Oʻrozboyev ushbu yodgorlik poyiga gulchambar qoʻydilar.

    Tadbirda poytaxtlik mehmonlarga Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov hamrohlik qildi.

    Inson huquqlari boʻyicha
    Oʻzbekiston Respublikasi
    Milliy markazining
    matbuot xizmati