Unda TDYUU rektori Rahimjon Hakimov hamda Oliy iqtisodiyot maktabining huquq fakulteti dekani Vadim Vinogradov qatnashib, oʻzaro hamkorlik masalasida fikr almashdi.
Tomonlar bakalavr va magistrantlar uchun ikki tomonlama diplom berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish, ikkala oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilarini jalb qilgan holda qoʻshma darslar tashkil etish, TDYUU yozgi va qishki maktablarida hamkor universitet talabalari ishtirokini taʼminlash, ilmiy faoliyatni birgalikda olib borish boʻyicha kelishib oldilar.
Toshkent davlat yuridik universiteti
jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi