Navoiy viloyati hokimligi va Vengriyaning Vesprem viloyati maʼmuriyati oʻrtasida ZOOM dasturi orqali videokonferensiya boʻlib oʻtdi.
Mazkur yigʻilish natijasida Navoiy viloyati va Vengriya davlatining Vesprem maʼmuriyati oʻrtasida birodarlik munosabatlarini mustahkamlashga zamin yaratildi.
Tadbirda Navoiy viloyati hokimligi va Vesprem viloyati maʼmuriyati oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar va madaniy sohalarda hamkorlik kelishuvi loyihasi muhokama etildi hamda imzolash boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmati.