Tomonlar aholining zaif qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoya qilish, taʼlim, xususan inklyuziv taʼlim sifatini yana-da oshirish, sohaga axborot texnologiyalarini keng jalb etish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi.

Hujjatni imzolash marosimida ikki tomonlama hamda xalqaro tashkilotlar bilan ish olib borish, xalqaro tajriba asosida eshitishda nuqsoni bor bolalarga zamonaviy bilimlar berish faoliyatini takomillashtirish bugungi kun talabi ekanligi taʼkidlandi.

Memorandum mamlakatimizda inklyuziv taʼlim hamda axborot-texnologiyalari boʻyicha bilim berish jarayonlarini yana-da yaxshilash uchun poydevor vazifasini oʻtaydi. Chunki oʻzaro hamkorlikdagi loyihalarda, asosan, bolalarga axborot-texnologiyalari boʻyicha boshlangʻich va asosiy bilimlar beriladi.