Shu memorandum asosida «Innovatsion pedagogika fakulteti tashkil etildi. Fakultet qoshida Defektologiya; logopediya. Amaliy psixologiya, Maktabgacha taʼlim va Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Fakultetda Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oʻquv jarayonlari tashkil etilgan boʻlib, dars jarayonlariga Maksim Tank nomidagi Belorussiya Davlat pedagogika universiteti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti salohiyatli professor-oʻqituvchilari jalb etilgan.
Hamkorlik asosida qoʻshma adabiyotlar yaratish ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Birinchilar qatorida Universitetning “Zoologiya va anatomiya kafedrasi professori D.A.Mamatqulov,. oʻqituvchilar S.A.Abidova., M.I.Abdullayeva Maksim Tank nomidagi Belorussiya Davlat pedagogika universiteti «Morfologii i fiziologii cheloveka i jivotnыx” kafedrasi dotsenti S.N.Chigir hamkorligida Defektologiya; logopediya taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun rus tilida ilk bor “Vozrastnaya fiziologiya i shkolnaya gigiyena” nomli oʻquv qoʻllanma tayyorlandi.
Oʻquv qoʻllanmani Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida ekspertizadan oʻtkazilib chop etish uchun ruxsatnoma berilgan. Shuningdek Maksim Tank nomidagi Belorussiya Davlat pedagogika universiteti “Morfologii i fiziologii cheloveka i jivotnыx” kafedrasida muhokamadan oʻtkazilib, mualliflar qatoriga dotsent S.N.Chigir kiritilgan chop etishga tavsiya berilgan.
Oʻquv qoʻllanma 30.05.2013yil №UD 15-11-1 sonli “Vozrastnaya fiziologiya i shkolnaya gigiyena” nomli fan dasturi asosida zamonaviy yutuqlari qamrab olgan holda tayyorlangan va chop etilgan.