Ayni kunlarda Fransiyaning Shatoru shahrida para oʻq otish boʻyicha Jahon kubogi boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur Jahon kubogida hamyurtlarimiz ham ishtirok etishmoqda.

Erkaklar oʻrtasida 50 metrga toʻpponchadan otish boʻyicha oʻtkazilgan bahslarda hamyurtimiz Server Ibragimov umumiy 200.7 ochko jamgʻargan holda faxrli 3-oʻrinni egalladi.

Oltin va kumush medallar xitoylik merganlarga nasib etgan boʻlsa, bronza medalini sportchimiz qoʻlga kiritdi. Vakillarimizning musobaqadagi ishtiroki davom etmoqda, deb xabar beryapti Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.