Unda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Munira Qahhorova, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori Baxtiyor Hasanov, “Islom tarixi va manbashunosligi, IRCICA” kafedrasi professori Saidakbar Agzamxoʻjayev, akademiya professor-oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvni Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Zohidjon Islomov kirish soʻzi bilan ochib berarkan, Mahmudxoʻja Behbudiy Vatan istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, obod va farovonligi yoʻlida hayotini qurbon qilganini taʼkidladi. Olimning hayoti, ilmiy faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Uchrashuv davomida allomaning hayot yoʻli, ilmiy faoliyati aks etgan “Mahmudxoʻja Behbudiy” nomli videorolik namoyish etildi.
– Dunyoda global xatarlar kuchayib borayotgan bir davrda milliy oʻzlikni anglash, haqiqiy tariximizni bilishga har qachongidan ham intilish kuchayib bormoqda, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori Baxtiyor Hasanov. – Mustabid tuzum davrida ommaviy qatagʻonlar natijasida insoniylik shaʼni, qadr-qimmati, or-nomusi toptalgan davlat arboblari, adabiyot va sanʼat namoyandalari, qanchadan qancha yurtdoshlarimiz Vatan ozodligi yoʻlida jonlarini qurbon qilishdi. Ularning nomini abadiylashtirish, yoshlarnimizni milliy istiqlol gʻoyasi, jasorat bilan tarbiyalashimiz, Mahmudxoʻja Behbudiyning, “Haq olinur, berilmas”, degan xitoblarini unutmasligimiz kerak.
Tadbir davomida Mahmudxoʻja Behbudiy ijodiga bagʻishlangan kitoblar koʻrgazmasi tashkil etilib, talabalar oʻrtasida alloma hayoti va ilmiy faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan maqolalar gʻoliblari taqdirlandi.
Koʻtarinki kayfiyatda oʻtgan uchrashuv alloma shaxsiyatini yana bir pogʻonaga olib chiqqani, shubhasiz. Zero, yoshlarga taʼlim-tarbiya, maʼrifat masalasi davlat siyosati darajasiga chiqqan bugungi kunda jadidchilik va jadidlar faoliyatini tadqiq etish, ularning zalvorli mehnatini yoshlarga yetkazish har qachongidan-da muhim vazifa hisoblanadi.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
matbuot xizmati