“Har bir Nuroniy-besh nafar yoshga murabbiy”

    Mamlakatimizda 19 Avgust 2021 2539

    Buxoro shahar “Xoʻja Gʻunjoriy” mahalla fuqarolar yigʻinida “Har bir Nuroniy-besh nafar yoshga murabbiy” tamoyili asosida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

    Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar boʻlinmasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash shahar boʻlimi, shahar “Nuroniylar” jamoatchilik vakillari hamda mahalla nuroniylari va yoshlar ishtirok etdilar.

    Tadbirga yoshlar taqdiriga, ularning maʼrifatli boʻlishiga, yurtimizda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini mustahkamlash, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirishda oʻrta va katta avlod vakillari namuna boʻlishlari bu davr talabi ekanligi taʼkidlandi.

    “Har bir Nuroniy-besh nafar yoshga murabbiy” tamoyili asosida fuqarolar yigʻinilarida mamlakatning ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan, obroʻ-eʼtiborli har bir nuroniylar, katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan faol keksalar va faxriylarning hamda mahallalarda istiqomat qilayotgan 5 nafardan tarbiyasi ogʻir, maʼnaviy koʻmakka muhtoj, uyushmagan, ishsiz yoshlar biriktirilgan. Bu esa bir tomondan nuroniylarimizga ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish, oʻz tajribalarini foydali ishlarga yoʻnaltirish va odamlar uchun kerakli ekanliklarini his etish imkonini beradi. Qolaversa, yoshlar urf-odatlarimizni eʼzozlash, qadr-qimmatimizni asrab-avaylashni oʻrganishini taʼkidlab oʻtdi.

    Tadbir davomida mahallaning faxriy nuroniysi Anvar Karimov oʻziga biriktirilgan mahalladagi yoshlar bilan shugʻullanib bugungi kunda ular orasida yaxshi natijaga erishgan yoshlar talaygina. Birgina misol, mahalla “Yoshlar daftariga” kiritilgan 11 nafar yoshlar bugungi kunda ڮVatanparvar” tashkilotidagi haydovchilik kurslariga bepul tahsil olyapti. Bundan tashqari mahalla yoshlari oʻrtasida har xil sport toʻgaragiga qatnashib sovrinli oʻrinlarni egallayotganligida ham albatta nuroniylarimizning ishlari beqiyosdir.

    • Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
    • Buxoro shahar boʻlinmasi rahbari Aziz Hakimov