«Meni tashvishga solayotgan masala – yoshlarimizni kasb-hunarli qilib, doimiy daromad topishi uchun sharoit yaratish. Agar buni toʻgʻri yoʻlga qoʻysak, mahallada kambagʻal va ishsiz qolmaydi», – dedi Prezident.

Davlatimiz rahbarining Xitoyga tashrifi davomida energetika, geologiya, kimyo, transport, qishloq va suv xoʻjaligi sohalaridagi oʻnlab yirik kompaniya rahbarlari bilan 35 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar paketi shakllantirildi.

Bunday loyihalar uchun texnologiyalar va xitoy tilini yaxshi biladigan minglab kadrlar kerakligi taʼkidlandi. Kasbga oʻrgatishda Xitoy tajribasini joriy etish maqsadida har bir viloyatda 2 tadan “Oʻzbekiston – Xitoy ustaxonasi”ni tashkil qilish topshirildi.

Oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tilini oʻqitish maqsadida 100 dan ziyod til egalari va volontyorlar taklif qilinadi.