Sirdaryo tumanida ham loyiha doirasida tumanda yana 70 nafar yoshlarga gʻalladan boʻshagan maydonlarda eksport bob mahsulotlarni yetishtirishni imkoniyati paydo boʻldi. Tuman mutasaddi tashkilotlari hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi koʻmagida 50 sotix yer maydoniga ekin ekish ishlari boshlab yuborildi.

— Ayni kunlarda bizga oʻxshagan yoshlarga yer ajratilishi ayni muddao boʻldi. Menga ajratilgan joyga kuzgi kartoshka, sabzi va mosh ekmoqchiman, Xudo xohlasa yaxshigina daromad olaman, — deydi uy bekasi Nilufar Umarova.

Maʼlumot uchun: joriy yilning 11-iyun kuni Sirdaryo tuman xokimligi, tuman prokuraturasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi bilan birgalikda Istiqbol, Dexqonobod, Navoiy mahallalarida jami 70 nafar ishsiz yoshlarga 0,5 gadan yer ajratib berildi.