– Sohibqiron bunyod etgan bir-biridan goʻzal, betakror obidalar – jomeʼ masjidi, Koʻksaroy, Boʻstonsaroy, Amir Temur, Shohizinda kabi maqbaralarni ziyorat qilganimda shunday tabarruk va qutlugʻ maskanda tugʻilganimga Yaratganga shukronalar aytaman, –– deydi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, samarqandlik ijodkor Nuriddin Yahyoyev. – Ona shahrim Samarqandning 2750-yilligi oldidan qalbimda joʻsh urgan misralarni qogʻozga tushirishga harakat qildim.

Navoiyning qadami yetgan,

Ne-ne buyuk kishilar oʻtgan.

Avliyolar xoklari yotgan

Aziz shahar azim Samarqand.

 

Son-sanoqsiz bunda maqbara

Oʻsha obod shahardir qara!

Bunda non moʻl, har neʼmat sara

Aziz shahar azim Samarqand.

 

Koʻrolmasdan ketganlar qancha

Borsam deya niyat qilgancha,

Magʻrur turar dunyo turguncha,

Aziz shahar azim Samarqand.

 

Yorlaqagan yurtdir Xudoyim,

Obob boʻlar kundan-kun doim

Gʻururlangum tugʻilgan joyim –

Aziz shahar azim Samarqand.

 

Ham qadimsan hamda navqiron,

Noming doim tillarda doston.

Seni bugun olqishlar jahon

Aziz shahar azim Samarqand.

Nuriddin YAHYOYEV,

shoir