Olma mevasining foydali xususiyatlari haqida koʻp eshitganmiz. Ayniqsa, yotishdan avval olma yeyish inson salomatligiga juda katta foyda ekanini ham koʻpchilik yaxshi biladi. Hatto yotishdan oldin yeyilgan olma tishlar uchun tish pastasi vazifasini ham bajarar ekan. Toʻgʻrirogʻi, uyqudan oldin olma yesangiz, tishni yuvmasangiz ham boʻlar ekan.
Olimlarning taʼkidlashicha, olma mevasi 15 % gacha qand, limon kislotasi, temir, kaliy, mis, V, V2, RR vitamini, A-provitamini va folat kislotasi mavjud koʻplab beqiyos darmondorilar va mikroelementlar manbai hisoblanadi.
Ammo uning eng qimmatli jihati tarkibida askorbin kislotasi (S vitamini) va pekin moddasi mavjudligidadir.
Isteʼmol qilingan olma hali oshqozon-ichak tizimida turgan damlardayoq pektin moddasi yordamida xolestirinni 10-15 % ga kamaytirishni udda qila oladi.