Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali orqali 60 dan ortiq vazirlik va idoralari hamda barcha tuman (shahar) hokimliklardagi mavjud vakant lavozimlar boʻyicha 41 687 ta tanlov eʼlon qilinib, ushbu vakant lavozimlarga jami 512 359 nafar nomzod tomonidan hujjat topshirildi.
Tanlovlarda 15 492 nafar nomzod davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egalladi. Tanlov gʻoliblarining 7 102 nafari, yaʼni 46 foizi 30 yoshgacha boʻlgan, shuningdek, 1 100 nafari davlat xizmatiga birinchi marotaba qabul qilingan.
Portal faoliyati yoʻlga qoʻyilgandan buyon, oʻrta hisobda 1 kunda 35-40 nafar davlat fuqarolik xizmatchisi ochiq tanlov orqali lavozimni egallamoqda.