milliygvardiya.uz surati
Tashrif mobaynida Koreya delegatsiyasi vakillari Institut rahbariyati, oʻqituvchilari va kursantlari bilan uchrashib, harbiy taʼlim muassasasining faoliyati va infratuzilmasi xususan, Axborot-resurs markazi, kutubxona, mashgʻulot xonalari, Innovatsion rivojlanish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish markazi, shuningdek, kursantlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, polkovnik Pak An So va politsiya podpolkovnigi Kim Mun Chje Institutning professor-oʻqituvchilar tarkibi va kursantlari uchun Koreya Respublikasi Qurolli Kuchlari va Koreya milliy politsiya agentligining tarixi, faoliyati, tuzilmasi, vazifa va majburiyatlari toʻgʻrisida taqdimot oʻtkazdi.
Boʻlib oʻtgan uchrashuv yakunida tomonlar harbiy taʼlim sohasida oʻzaro tajriba almashish, harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyati boʻyicha hamkorlikni oʻrnatish va rivojlantirish, jumladan, Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti va Janubiy Koreya politsiyasi universitetlari hamda oliy harbiy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik bitimini tuzish masalalarini ishlab chiqishga kelishib, har tomonlama hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Shu bilan birga, doʻstona ruhda kechgan tashrif mobaynida xorijiy mehmonlar uchun faxriy qorovul hamda qoʻl jangi boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi matbuot xizmati.