Mazkur uchrashuvda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi harbiy attashesi polkovnik Otabek Shamsiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasining vakillari, Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi harbiy attashesi katta polkovnik Du Xunde va Xitoy delegatsiyasi aʼzolari ishtirok etdilar.

Suhbat chogʻida tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik keng koʻlamdagi oʻzaro aloqalarni qamrab olgani, doʻstona va oʻzaro manfaatli ekanini taʼkidladilar.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Xitoy Xalq qurollangan militsiyasi oʻrtasida harbiy va harbiy-texnik sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida bir qator qoʻshma amaliy tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi, jumladan tajriba almashish boʻyicha treninglar, qoʻshma oʻquv mashgʻulotlari va hokazo masalalar boʻyicha.

Uchrashuv oʻzaro doʻstona muloqot muhitida boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi matbuot xizmati.