Karantin qoidalariga rioya qilgan holda keksa avlod vakillari salomatligi tekshirildi. Ular istiqomat qilayotgan xonadonda dizenfeksiya ishlari olib borildi. Ikki xaftalik oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy niqob, antiseptik vositalari tarqatildi.
– Harbiy xizmatchilar tomonidan koʻngilli ravishda pandemiya davrida urush qatnashchilari, yolgʻiz keksalar hamda nogiron bor oilalar xolidan xabar olib kelinmoqda, – deydi podpolkovnik Mirtemir Parmonov. – Bu avallo insoniylik burchimiz. Sinovli kunlarda bir-birimizga yelkadosh boʻlish, ehtiyojmand oilalarga moddiy koʻmak koʻrsatish hayrli ishdir.
Bir dasturxon atrofida Parda bobo Roʻziyev harbiy xizmatchilarga urush xotiralarini soʻzlab berdi. Otaxon bu yil 100 yoshni qarshi oldi. U Ikkinchi jahon urushida ikki marotaba ogʻir yarador boʻlib harbiy gospitalga tushib qoladi. Shunda ham jangohga otlanib, bir qadam ham ortga chekinmasdan dushmanga qarshi jiddiy kurashadi.
Merganlar rotasida xizmat qilgan Parda bobo 150 ga yaqin fashist askarini safdan chiqargan.
Pastdargʻom tumani mudofaa ishlar boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Yoqubjon Murtazayev, Samarqand garnizonidagi Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyoni harbiy xizmatchilar kapitan Odiljon Xolmatov, Gʻayrat Madrahimov, katta leytenant Azizbek Yoʻldashevlar shu kuni ikki urush qatnashchilari Mamayusuf Radjabov hamda Sami bobo Ergashev xonadonlarida boʻlishdi.