Tashrifdan koʻzlangan maqsad — qaxramonining oila aʼzolari holidan xabar olishdi. Tashrif davomida karantin qoidalariga rioya qilingan holda Bobur Gʻaniyevning xonadonida dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.
Maʼlumot uchun, Bobur Gʻaniyev II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan. Uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Margʻilon shahridagi oʻzi tahsil olgan 13-sonli umumtaʼlim maktabiga byusti oʻrnatilib, qahramon yashagan koʻchaga uning nomi berilgan. Shuningdek, marhum harbiy xizmatchi xonadonida uy-muzeyi tashkil etilgan.
Xalqimiz osoyishtaligi, yurtimiz tinchligi yoʻlida aziz jonini qurbon qilgan jasur oʻgʻlonlar xotirasi hech qachon unutilmaydi.