BioBlock deb nomlangan dori vositasi laboratoriya tadqiqotlaridan muvaffaqiyatli oʻtdi. Mazkur dori vositasi professor Mart Ustav boshchiligidagi kompaniya tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqildi.
Icosagen kompaniyasining direktori Mart Ustavning aytishicha, laboratoriya tadqiqotlari dori vositasining samarali ekanini isbotlagan. U odatiy koronavirusdan tashqari, uning eng xavfli shtammlari, xususan, “Delta”dan ham himoya qila oladi.
Mart Ustavning aytishicha burun boʻshligʻiga sepilgan sprey taʼsirida antitanacha shilliq qavatda saqlanib turadi hammda odamni 4 soat davomida koronavirusdan himoya qiladi.
Dori vositasi patentlandi hamda uni ishlab chiqarish hamda sotishga ruxsat berildi.