Havo filtri ichiga yashirilgan dorilar fosh etildi

    Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro T.I. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli avtotransport vositasi oʻrnatilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

    Natijada, avtomashina kabinasining tepasidagi havo filtri ichida, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan, umumiy qiymati 19,4 million soʻmlik 92 quti sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

    Yana bir holatda mazkur postga kirib kelgan, fuqaro A.J. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli avtotransport vositasi oʻrnatilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

    Natijada, avtomashina salonida umumiy qiymati 24,8 million soʻmlik 124 quti dori vositalari yashirilganligi fosh boʻldi.

    Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.