“Oʻzgidromet“ agentligining xabar berishicha, 17-iyulda respublika shimolida, janubida va choʻl hududlarida, 18–20-iyul kunlari esa hududning katta qismida havo harorati 40–43 darajagacha, janubiy va choʻl hududlarda esa ayrim joylarda 44–45 darajagacha koʻtarilishi mumkin.
Respublika boʻyicha shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda esa chang-toʼzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.









