Bu may oyining ushbu davri uchun oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan +5...+7 darajaga yuqoridir.

12-mayda respublika hududiga Turkmaniston hududlaridan nisbatan nam havo kirib keladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzgi havo harorati +2...+3 darajaga pasayadi va +27...+32 darajani tashkil etadi.

8-9-may kunlari shimolda, 11-12-may kunlari esa respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda 8 va 11-12-mayda momaqaldiroq bilan mahalliy yomgʻirlar yogʻishi mumkin.

Poytaxtimizda 8-11-mayda havo asosan kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorati 8-mayda +25...+27 darajagacha, 10-11-may kunlari 32-34 darajagacha asta-sekin koʻtariladi.

12-mayda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzgi harorat nisbatan pasayadi.