Zem deb nomlangan kontsept-kar CO2ni maxsus ishlab chiqilgan filtrlarda saqlaydi.
Bu o'ziga xos prototip. U pastki qismga o'rnatilgan uglerodni ushlash moslamasidan foydalanadi. Chiqindilarni kamaytirish uchun kuzov va rama qayta ishlangan plastmassadan foydalangan holda 3-D printerida chiqarildi, salon esa ananas terisidan ishlandi.
“Biz bitta mashinaga juda ko'p texnologiyani joylashtirdik. Bu orqali ularning imkoniyatlarini chamaladik. Kelajakda uglerodni ushlash texnologiyasi mavjud avtomobillarning qayta jihozlanishi va hozirda harakatlanayotgan bir milliard yengil avtomobillar chiqaradigan chiqindilarni bartaraf etishda yordam berishi mumkin”, deb ta'kidlashdi ishlab chiquvchilar.
Elektromobil ostida har bir old g'ildirak yonida ikkita filtr mavjud. Avtomobil harakatlanayotganda havo filtrdan o'tadi va karbonat angidrid filtr ichidagi maxsus donga yopishadi. Filtrni har 200 milyada tozalash kerak, shuning uchun talabalar CO2ni ajratib oladigan maxsus elektr transport vositalarini zaryadlash stansiyasini ishlab chiqishdi. Keyinchalik u sof vodorod kabi boshqa yoqilg'ilarni ishlab chiqarish uchun qayta ishlatilishi mumkin, deyiladi korrespondent.net saytida.