Rossiyaning Krasnoyarsk shahri dunyoning atmosfera havosi ifloslangan shaharlari reytingida birinchi oʻringa chiqib oldi. Bu haqda Shveysariyaning havoni tozalash tizimlari ishlab chiqaruvchi IQAir kompaniyasi saytida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, havoning ifloslanish darajasi Krasnoyarsk shahrida (AQI) — 305 tashkil etmoqda. Bu borada keyingi oʻrinlarda borayotgan Dakka (Bangladesh) — 179, Kabul — 151 daraja qayd etilgan. Havosi oʻta ifloslangan shaharlar oʻntaligidan Dubay (BAA), Ulan-Bator (Moʻgʻuliston), Denver (AQSH), Madrid (Ispaniya), Kalkutta (Hindiston), Laxor (Pokiston), Santyago (Chili) joy olgan.

Havosi nisbatan toza shaharlar roʻyxatiga Sidney (Avstraliya), Melburn (Avstraliya) va Praga (Chexiya) kiritilgan.