Xorazmning chekka Qoʻshkoʻpir tumanining Yangilik mahallasida kuni kecha ish boshlagan siqilgan gaz quyish shoxobchasi koʻp sonli yengil avtomashina egalarining mushkullarini oson qildi.

— Endilikda yengil avtomobil egalari boshqa hududlarda joylashgan gaz quyish shoxobchalariga borib vaqt va mablagʻ yoʻqotishmaydi, — deydi “Elita biznes servis” MCHJ rahbari Izzat Xudoyberganov. — Zamonaviy gaz quyish shoxobchasini bunyod etish uchun AT “Xalq banki” Qoʻshkoʻpir tuman filialidan 6 milliard 200 million soʻm imtiyozli kredit olgandik. Yana 1 milliard 500 million soʻm oʻz mablagʻimizni sarflab, ushbu xizmat maskanini qisqa fursatda ishga tushirdik”.

Yangi shoxobchada mahalla yoshlaridan 11 nafari ish bilan taʼminlandi.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri