Koʻzoynak ramkasiga oʻrnatilgan optik sensorlar real vaqt rejimida haydovchining koʻz holatini monitoring qiladi.
Algoritm quyidagi bosqichlarda himoyani taʼminlaydi:
- 3 soniya: agar koʻz yopilsa, koʻzoynakda yengil vibratsiya ishga tushadi.
- 5 soniya: agar haydovchi uygʻonmasa, baland ovozli signal yangraydi.
- Favqulodda holat: agar reaksiya boʻlmasa, tizim haydovchining smartfoniga signal yuboradi va telefonni avtomatik ravishda maksimal ovoz balandligiga koʻtarib, uygʻotuvchi signal beradi.
Bu nafaqat qurilma, balki minglab insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin boʻlgan xavfsizlik tizimidir.
EHM uchun yaratilgan dastur kompyuter va mobil qurilmalar biron-bir vazifani bajarishi uchun maxsus tilda yozilgan aniq koʻrsatmalar va qoidalar toʻplamidir.
Maʼlumot uchun: “EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi qonunning 4-moddasiga koʻra, EHM uchun yaratilgan dasturga boʻlgan mualliflik huquqi eʼtirof etilishi va roʻyobga chiqarilishi uchun roʻyxatdan oʻtkazish yoki oʻzga rasmiyatchiliklarga rioya etish talab qilinmaydi.
EHM uchun dasturlarni roʻyxatdan oʻtkazish ixtiyoriy boʻlib, muallifning huquqi hisoblanadi.
EHM uchun yaratilgan dasturni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirish mumkin.