Tadbirda “A.V.” XK rahbari oʻrinbosari Sh.Q. fuqaro A.K.ni ushbu korxonada haydovchilik guvohnomasini olish uchun oʻquv kursini tugatgandan soʻng, YXHBda oʻtadigan imtihondan oʻtkazib berish evaziga 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda, “Z.B.” XK rahbari G.Yu. Sh.Q.dan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 28, 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.