Maʼlum boʻlishicha, inspektor oʻzini ishonchli shaxs sifatida tanitib, bir fuqaroning ishonchiga kirgan. Inspektor uning Navoiy viloyatida yashovchi, 1995-yilda tugʻilgan tanishini davlat imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtkazib, haydovchilik guvohnomasi olib berishini vaʼda qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir vaqtida inspektor 1500 AQSH dollari va imtihon uchun belgilangan 1 mln 900 ming soʻmni olgan holda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.









