Xabarda taʼkidlanishicha, joriy yilning 20 may kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumani Oʼzar qishlogʼi hududidan oʼtgan “Nurafshon-Ohangaron” avtomobilь yoʼlining 52 kilometrida Ohangaron yoʼnalishi boʼylab harakatlanib kelayotgan, “VАZ-2121” rusumli davlat raqami 10 N 526 YeА boʼlgan avtomashina YHXB inspektorlari tomonidan tekshirish uchun toʼxtatilgan.

Shu vaqtda haydovchi (1995-yil tugʼilgan) Gʼ.Sh.ning ushbu avtotransportni boshqarish uchun meʼyoriy hujjatlari yoʼqligi maʼlum boʼlgan.

Haydovchiga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 135-moddasi 1-qismi bilan elektron maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashinani vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirish uchun YHXB inspektori boshqaruvida olib ketilayotganida, old oʼrindiqda oʼtirgan haydovchi Gʼ.Sh. avtransport eshigini ochib, oʼzini avtomashinadan tashlab yuborgan.

YHXB inspektorlari tomonidan fuqaro Gʼ.Sh.ga birinchi tibbiy yordam koʼrsatilib, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

Shifoxonada unga “Bosh miya ochiq jarohati, bosh miya qon quyilishi ogʼir holati, bosh miya siljib sinish” tashxisi qoʼyilgan.

Joriy yilning 6 iyunь kuni soat 23:00 larda fuqaro Gʼ.Sh. Toshkent shahrida joylashgan 39-sonli shifoxonada koʼrsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tekshiruv oʼtkazilmoqda.

Xabarda ijtimoiy tarmoq faollaridan "holat toʼliq oʼrganilib, vaziyatga huquqiy baho berilmagunga qadar, “haydovchi ayovsiz kaltaklangan” kabi yolgʼon maʼlumotlarni tarqatmaslik, yolgʼon shov-shuv koʼtarish ortidan kanallarga "podpischik" yigʼishni boshqa vaqtga qoldirish" soʼralgan.