Ekspozitsiyadan rassomning “Uchrashuv”, “Taklif”, “Tashrif”, “Erta kuz”, “Pari qishloq”, “Oʻtmishdan sado”, “Mashrab”, “Oyxon” kabi qator asarlari oʻrin olgan.
Namoyishga qoʻyilgan ijod namunalarida Oʻzbekiston teatrlarida sahnalashtirilgan asarlardan, turmush tarzimiz, madaniyatimiz tarixidan, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizdan lavhalar, umrguzaronlik aks etgan.
A.Oripov 1955-yili Toshkent viloyatining Bekobod tumanida tavallud topgan. Shu yerda maktabni bitirib, Toshkent Teatr va rassomlik institutida oʻqigan. Koʻp yil respublika teatrlarida ishlagan. Hozirda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida talabalarga saboq beradi.
Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi.
Koʻrgazma namoyishi davom etmoqda.
Hasan Abdunazarov