TESS teleskopi tomonidan aniqlangan TOI-715b radiusi taxminan 1,55 Yer radiusiga ega va Quyosh tizimidan taxminan 137 yorug'lik yili masofasida joylashgan. M tipidagi yulduz atrofida aylanishi bor-yo'g'i 19 kun davom etadi.
Sayyora Yer oladigan quyosh radiatsiyasining 0,42-0,842 qismini olishi mumkin bo'lgan hududda joylashgan. Bunday miqdordagi energiyani oladigan har qanday sayyora yulduzdan uzoqligidan qat'i nazar, yashashga yaroqli hududda bo'ladi, deb xabar beradi lenta.ru.