Hayotda bir marta bo'lsa ham Kapadokiyaga tashrif buyurishingiz uchun beshta sabab

    Turizm 10 Iyun 2023 1163

    Kapadokiya, mo'jizakor tabiiy go'zalligi va tarixiy obyektlari bilan sayyohlarni o'ziga tortadigan Turkiyaning eng jozibali mintaqalaridan biridir.

    Bu “ertaklar shahri” oʻzining gʻorda joylashgan mehmonxonalari, rang-barang havo sharlari, ming yillik uzumchilik va kulolchilik meroslari bilan har mavsumda oʻziga xos tajribalarni taqdim etadi. Kapadokiyaga sayohatni o'tkazib yubormaslikning beshta sababi bilan tanishamiz.

    Kapadokiya ramzi: “Peri mo'rilari”

    Kapadokiya haqida o'ylanganda birinchi bo'lib hayolga keladigan tasvir “Peri mo'rilari”dir. Kapadokiya ramzi bo'lgan bu qadimiy qoya shakllarini mintaqaning istalgan joyidan ko'rish mumkin. “Peri mo'rilari”ning eng yaxshi namunalari Pashabog'da joylashgan bo'lib, u yerda "shlyapasimon" konus shaklidagi yuzasi qattiq toshlardan tashkil topgan namunalarni uchratish mumkin. Ushbu tosh shakllarining hayratlanarli ko'rinishidan bahramand bo'lishning eng yaxshi usuli bu issiq havo shari orqalidir. Quyosh ko'kka ohista ko'tarilayotganda, siz oyoqlaringiz ostidagi Kapadokiya ajoyibotlarini ko'rish imkoniga ega bo'lasiz.

    G'or mehmonxonalarida o'z xonangizni band qiling

    Kapadokiyaning “G'or mehmonxona”sida qolish o'z tashrif buyuruvchilarga taqdim etadigan eng unutilmas tajribalardan biridir. Gʻor mehmonxonalarining oʻziga xos arxitekturasi va dizayni joyning jozibadorligini oshirib, uni sayohatchilar tashrif buyurishi zarur boʻlgan manzilga aylantiradi.

    G'aroyib yer osti shaharlari sizni o'tmishga yetaklaydi

    Kapadokiyada miloddan avvalgi II ming yillikda yashab o'tgan Xetlar davriga oid qoldiqlar mavjud. 1985 yildan beri YuNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan Go'reme ochiq osmon ostidagi muzey qoyalarga o'yilgan muqaddas joylar va ilk nasroniylik davrining muhim manzaralarini aks ettiruvchi freskalari bilan diqqatga sazovordir. Yer osti shaharlari Kapadokiya sayohatlarining qiymatini yanada oshiradi. Milodiy VII-VIII asrlarda paydo bo'lgan bu shaharlardan ilk nasroniylar ham ibodat qilish maqsadida foydalanganlar. Kaymakli, Derinkuyu, O'zkonak va Mazi kabi yer osti shaharlari o'nlab yillar davomida saqlanib qolgan va chuqurlikdagi xonalari, ovqatxonalar, cherkovlar va oziq-ovqat omborlari bilan mintaqa aholisining "yer osti" hayoti haqida tushuncha beradi.

    Kapadokiyaning diqqatga sazovor joylari: ulkan havo sharlari bilan sayohat va boshqalar

    Kapadokiya deganda ko'z o'ngimizga eng birinchi kelgan manzara, albatta, havo sharlari bilan bog'liq sayohatlardir. Off-road safari tajribalari sizga mintaqaning vodiylari, qoyali aholi punktlari va peri mo'rilarini yaqinroqdan ko'rish imkonini beradi. Agar siz Kapadokiyani piyoda kashf qilmoqchi bo'lsangiz, mintaqaning hayajonli yurish yo'llari juda sizga juda mos keladi. Kapadokiya, "go'zal otlar mamlakati"ni, shuningdek, hududga qarashli mahalliy otlarga minish orqali ham o'rganish mumkin. Kulolchilik Kapadokiya o'z tashrif buyuruvchilarga taqdim etadigan yana bir imkoniyatdir. Qizilirmak daryosi bo'ylaridan olingan yumshoq va yog'li loylari bilan mashhur Avanosdagi kulolchilik ustaxonasiga tashrif buyurish, qiziqarli mashg'ulotlaringizning bir qismi bo'lishi mumkin.

    Noyob gastronomiya tajribalari

    Hatto eng oddiy taomni ham “san'at” darajasida tayyorlaydigan Kapadokiya mahalliy oshpazlari, eng nozikta'b sayohatchilarning ham qalbiga yo'l topa oladi. Testi kabobi Kapadokiya oshxonasining tatib ko'rish kerak bo'lgan taomlaridan biridir. Kapadokiyaga tashrif buyuruvchilarga xizmat ko'rsatadigan boshqa mintaqaviy taomlar orasida guvech, zarcho'va bilan pishirilgan guruch pudingi, Nevshehir mantisi va quyuq qaymoq bor. Kapadokiya ming yillar davomida chuqur ildiz otgan vinochilik merosiga ega, shu sababli barcha sayohatchilar endemik mahalliy uzum vinolarini tatib ko'rishi mumkin.