Ta'kidlanishicha, limon o'ziga xos foydali xususiyatlarga ega bo'lishdan tashqari, ichimlikning ijobiy ta'sirini sezilarli darajada yaxshilaydi. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, sitrus mevalar organizmning choy orqali antioksidantlarni qabul qilish qobiliyatini taxminan 80 foizga oshiradi. Ichimlikka solinadigan limon sharbati tarkibida bir qator muhim moddalar, xususan limon kislotasi, kalsiy, magniy, S vitamini, bioflavonoidlar va pektin mavjud. Ular immunitet tizimini mustahkamlash, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish va umr ko'rish davomiyligini oshirishga yordam beradi.
Yurak quvvatini asrash, vaznni nazorat qilish, buyraklarda tosh to'planishining oldini olish, kamqonlikdan himoya qilish va ovqat hazm qilishni yaxshilash limonli choyning qator afzalliklari sirasidandir.