Shu yil Tuproqqalʼada 10 milliard dollarlik gaz-kimyo majmuasini qurishning (MTO) 1-bosqichi boshlanadi. Bunda yiliga 2 million tonna 14 turdagi yuqori qoʻshilgan qiymatli bazaviy polimer mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Bundan tashqari, Hazoraspdagi 10 gektarda kimyo texnoparki tashkil etiladi, u yerda polimer mahsuloti ishlab chiqarish boʻyicha 100 million dollarlik loyihalar boʻladi.
Xorazmdagi 663 ta qurilish materiallari korxonasi oʻtgan yili 1,1 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarib, viloyatning “drayver” tarmoqlaridan biriga aylandi.
Buni yanada koʻpaytirib, 100 million dollarlik 40 ta loyihani boshlash, bu yil ishlab chiqarishni 1,5 trillion soʻmga yetkazish vazifasi qoʻyildi.